Pecheniy (Damskiy palchiki savoyardi) – Tomchi.ru
Pecheniylar

Pecheniy (Damskiy palchiki savoyardi)

Tarkibi:

  • Un ………………………………………………250 gr
  • Xamir qavartmasi…………….1,5 choy qoshiq
  • Shakar …………………………………………270 gr
  • Tuxum sarig’i ……………………………..10 dona
  • Tuxum oqi ……………………………………7 dona
  • Shakar upasi ………………………..bezak uchun
damskiy-palchiki002

Idishga 10 dona tuxum sarig’ solib, 170 gr shakar sepiladi. Mikser yordamida ko’pirtiriladi, oq bir xil ko’pik hosil bo’lguncha.

tuxum-sarig

Boshqa idishga 7 dona tuxum oqi solib, mikser yordamida ko’pirtiriladi. 100 gr shakar oz-ozdan qattiq ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiriladi.

tuxum-oqi-mikser-yordamida-kopirtirish

Ko’pirtirilgan tuxum oqiga, ko’pirtirilgan tuxum sarig’ oz-ozdan solib oshxona lapatkachasi bilan aralashtiriladi.

tuxum-oqi-va-tuxum-sarigi

250 gr unga 1,5 choy qoshiq xamir qavartmasi solib, tuxum va shakarli massa ustiga elanadi. Bir xil biskvit xamiri hosil bo’lguncha bix xil yo’nalishda aralashtiriladi.

biskvit-xamiri

Pishiriq qog’ozi to’shalgan duxovka listiga. biskvit xamiri oshxona qopchasi yordamida quyib chiqiladi. Pecheniylar uzunligi taxminan 7 sm dan bo’lishi kerak. So’ng ustiga shakar upasi sepiladi

biskvit-pecheni

Oldindan 200 C qizdirilgan duxovkada 10-15 daqiqa davomida pishiriladi.

savoyardi
Open

Close
Adblock
detector