Oshirma ponchiklar – Tomchi.ru
Shirinliklar

Oshirma ponchiklar

Tarkibi:

  • 500 gr un
  • 250 gr sut
  • 11 gr xamirturish qurug’i (1 pachka)
  • 2  dona tuxun sarig’i
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • 3 osh qoshiq shakar
  • 40 gr sariyog’
  • 1 o’ram vanilin
  • 1 stakan qovurish uchun o’simlik yog’i

Tayyorlanishi:

1.Yarim un bilan xamirturish  aralashririladi. Tuz, shakar, yengil ko’pirtirilgan tuxum sarig’i va illiq sut solinadi. Qo’shib maxsulotlarni ustini sochiq bilan yopib, illiq joyga ko’tarilish uchun qo’yiladi.

2. Sariyog’ eritiladi. Xamirga vanilin, sariyog’ va qolgan un solib xamir qoriladi va yana ko’tarilishi uchun issiq joyda o’rab qo’yiladi.

3. Taxminan 1.5 sm qalinlikda xamir yoyiladi, 7 sm diametrli maxsus forma yoki  stakan bilan doiralar kesiladi. Ichini kichkina rumka yoki butilka qopqog’i bilan kesiladi.

ponchik001

4. Yarim tayyor ponchiklarni un sepib,15 daqiqga dam oldiriladi.

5. Yonlari tik chuqur tovaga yog’ solib, yaxshi qizdiriladi. Ponchiklarni ikki tomoni tilla jigarrang tusga qadar qovuriladi.

6. Pishgan ponchiklar suzgich yordamida ortiqcha yogini sizdirib olinadi.  So’ng shakar upasi sepiladi yoki glazur  qilinadi.

Adblock
detector