kerakli maxsulotlar:
- Sariyog 100 gr
- Tuxum 2 dona
- Shakar 100 gr
- Razrixlitel 1 choy qoshiq
- Un 250 gr
- Shakar 2 Osh qoshiq
- O’rik 500 gr
- Vanilli shakar 2 choy qoshiq
- Bezatish uchun shakar upasi 2 osh qoshiq

Yumshoq sariyog, tuxum, shakarni yaxshilab aralashtiramiz.

Unga razrixlitel tuz solib aralashtiriladi so’ng tuxumli massaga qo’shib xamir qoriladi. Suyuq xamir xosil bo’ladi. Xavotirlanmang shunaqa suyuq bo’lishi kerak.

Qolibga pergament qogozi to’shab xamirni yarmisini quyamiz. 190C qizdirilgan pechda, taxminan 10 minutga pishirib olamiz.

Yuvilgan o’riklarni ikkiga bo’lib danagi olinadi. O’rik bo’laglariga shakar va vanilli shakar qo’shiladi.

Pechdagi qolibni olib o’rik bolaglarini terib chiqiladi.

O’rik ustidan qolgan xamir quyiladi. Pechda 40-50 minut pishiriladi. Qolipdan olib shakar upasi bilan bezatiladi.
Orikli pirog juda ham mazzali chiqadi ayniqsa O’zbekistonimizni shirindan shakar mevalari bilan. Pishirib ko’ring sizga ham yoqadi degan umidda biz…
Yoqimli ishtaha.