O’rama somsa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

O’rama somsa

Men buni o’rama somsa deb nomladim va har xil nom atashi mumkin. Bu turk bo’reklaridan biri bo’lib, oshirma xamirdan, yufqa (lavash), tayyor qatlama xamirdan va oddiy osh xamirlaridan tayyorlanadi. Qiymasi istalgan go’shtli, kartoshka, pishloq, qovoq, ismaloq va turli xil ko’katlardan tayyorlanishi mumkin. O’rarlishi ham aylana,  to’rtburchak shaklida yoki kichkina qilib, yurmonqoziqchalardek shakil berilishi mumkin.

Oshirmali o’rama somsa uchun kerakli maxsulotlar:

Xamiri uchun:

  • 1 kr un
  • 1 osh qoshiq achitqi
  • tuz
  • 3-4 osh qosiq shakar
  • 3-4 stakan illiq suv yoki sut

Qiymasi uchun:

  • 400 gr go’sht qiymasi
  • 2 dona bosh piyoz
  • qovurish uchun qiymani yog’
  • tabga ko’ra tuz, murch
  • shirin qalampir
  • 2-3 ta tuxum (birta sarigi yuzi uchun)

Yuzi uchun:

  •  tuxum sarig’i
  • kunjut va sedana

Ichiga surtish uchun:

  • sariyog’

Tayyorlanishi:

Unga tuz, shakar, achitqi va  oz-ozdan illiq suv (xamirning  yumshoqligiga qarab) solib, yumchoq xamir qoriladi. Ustini toza sochiq bilan yopib, issiq joyga 1 soat ya’niy ikki barovar bo’lguncha oshirishga qo’yiladi.

Ungacha qiyma tayyorlanadi. Piyoz mayda to’graladi. Qozonga ozroq o’simlik yog’i solib, qovuriladi va tuxum solib, darrov aralashtiriladi.

Piyoz

Qiyma va ozroq suv solib, qovuriladi. So’ng bulg’or qalampir va tuz, murch solib, balandroq olovda 4-5 daqiqa pishiriladi. Olovdan olib,  sovutishga qo’yiladi va maydalangan petrusha solib, aralashtiriladi.

Go'sht-qiyma-qovurilgan

Yetilgan xamirni 4 zuvalaga bo’linadi.

Turk-taomlari

Zuvalarini xar biri yupqa qilib, yoyiladi va sariyog’ surtiladi.

Xamir-o'rama-somsa

So’ng qiyma qo’yib, o’raladi va aylana qilib, speralga o’xshab o’rab chiqiladi.

Farsh-qiyma
Turkcha-somsa
Speral-somsa

Yuziga tuxum sarigi va ozroq yog’ qo’sib, yuziga surtib, kunjut sepiladi. Qizigan duxovkaga 180-200 C issiqlikda taxminan 20-30 daqiqa yuzi qizarguncha pishiriladi.

Turkcha-borek
O'zbek-taomlari
Bir-bo'lak-yazzat

Yana kichkina shaklida somsachalar zuvallalar tayyorlasa bo’ladi. Xamir 4 ta emas 6-8 zuvalaga bo’linadi va xuddi suratdagidek shakilda berish mumkin.

O'rama-somsa

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector