Olma va zavarnoy kremli pirog – Tomchi.ru
Tortlar

Olma va zavarnoy kremli pirog

Kerakli maxsulotlar:

Xamiri uchun:

  • 1 dona tuxum
  • 180 grsariyog’
  • 2 osh qoshiq smetana
  • 150 gr shakar
  • 0.5 choy qoshiq xamir qavartmasi
  • 1 chimdim tuz
  • 360 gr un

Krem uchun:

  • 350 ml sut
  • 1 dona tuxum
  • 2 osh qoshiqkraxmal
  • vanilin
  • 2 dona katta olma
  • ustiga sepish uchun shakar upasi

Tayyorlanishi:

Xamir tayyorlash uchun, idishaga elangan un, tuz va xamir qavartmasi solib, qo’shiladi. Sovutgichdan sariyog’ni, kubik qilib kesiladi va unga qo’shib, uqalanadi. Keyin tuxum, shakar, smetana solib, xamir qoriladi. Xamir bo’sh va ymshoq bo’lish kerak. Dumaloq qilib, o’rab sovutgichga qo’yiladi. Ungacha nachinka tayyorlanadi.

Zavarnoy krem uchun kastrolga tuxum shakar va kraxmalni solib, tuxum ko’pirtirgich yordamida qo’shiladi. Sovuq sut qo’yib, yaxshilab qo’shiladi va o’rta olovda gazga qo’yiladi.  Kovlab turgan xolda qaynatiladi. Qanagch olov o’chiriladi.

Xamir 2 qisimga bir kattaroq, ikkinchisi maydaroq bo’linadi. Katta xamir yoyyiladi va diametri 20 smli qolipga, yonlari bilan chiqarib, qo’yiladi. Olma tilim qilib, bo’laklanadi va xamir ustidan terib chiqiladi. Mazali va xushbo’y bo’lishi uchun dolchin ozgina sepish mumkin. Ustidan issiq krem to’kib chiqiladi. Qolgan kichik xamir yupqa yoyib, uzun va keng lentalar kesib olinadi. Keslgan lentalarni krem ustidan qo’yib bezatiladi.

Qizib turgan duxovkaga 180 c issiqlikda taxminan 40-50 daqiqa pishirib olinadi. Pirog yuzi qizarib pishgan bo’lishi kerak. Sovugach shakar upasi sepib dasturxonga choy yoki sharbat bilan tortiladi.

Olma va zavarnoy kremli pirog.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector