Olma va limonli zefir – Tomchi.ru
Shirinliklar

Olma va limonli zefir

Tarkibi:

  • 5-6 ta olma
  • 1,5 stakan shakar
  • 6 ta tuxumning oqi
  • 1 choy qoshiq limon sharbati
  • 2 choy qoshiq jelatin
  • Bezatish uchun murabbodan olingan rezavor mevalar yoki tuyilgan yong’oq.

Tayyorlanishi:

Olmalar yuviladi va po’sti archiladi, har bir olmani ikkiga bo’lib urug’li qismi o’yib olib tashlanadi.  Bu mevalarni duxovka listiga solib, olmalar kuymasligi uchun ustidan ozroq suv quyiladi. Duxovkada pishirib olinadi va eziladi.

Hosil bo’lgan pyurega shakar qo’shib, uzluksiz qorishtirib turgan holda qaynatishga qo’yiladi. Qorishma quyuq holatga kirgach, obdon ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shiladi. Keyin ehtiyotkorlik bilan limon sharbati, ozgina suvda eritilgan jelatin qo’shib yana aralashtiriladi.

Qolipga solib, bir necha soat muzlatgichga qo’yib qo’yiladi.

Zefir qotishi bilan, qolipdan olinadi va likopchalarga solib rezavor mevalar murabbosi yoki yong’oq bo’lakchalari bilan bezatiladi.

Adblock
detector