Tarkibi:
- 2 stakan shakar
- 1 litr sut
- 100 gr sariyog’
- 1 choy qoshiq kraxmal
- 5 ta tuxum sarig’i
Tayyorlanishi:
- Sutga sariyog’ solib qaynash darajasiga yetguncha olovga qo’yiladi.
- Boshqa idishga shakar, kraxmal va tuxum sarig’i solinadi, yaxshilab aralashtiriladi, shakar erib bir xil massa hosil bo’lguncha.
- Keyin aralashmaga ozroq iliq sut qo’shiladi, aralashma suyuq smetanaday bo’lishi kerak.
- Ungacha sut qaynay boshlaydi. Sutga oz-ozdan tuxum sarig’ili aralashma qo’shiladi. Tinimsiz kovlab turiladi.
- Aralashma qaynashi bilan, olovdan olib idish sovuq suvga botirib qo’yiladi. Iliq bo’lib sovuguncha kovlab turiladi.
- Aralashma to’liq sovugach qoliplarga solib muzlatgichga qo’yiladi.