Mayizli holva – Tomchi.ru
Shirinliklar

Mayizli holva

  • 2/4 stakan shakar
  • 2 osh qoshiq och sariq rangli danaksiz mayiz
  • 1 dona apilsin po’stlog’i (qirg’chdan chiqarilgan po’stlog’i)
  • 5 osh qoshiq eritilgan oqyogi
  • 1 stakan manniy yormasi
  • 2 osh qoshiq bodom magzi
  • 1/4 choy qoshiq yanchilgan qalampirmunchoq (gvozdika)
  • 1/4 choy qoshiq dolchin (korisa)
  • 1 choy qoshiq kardamon
  • 1/4 choy qoshiq zafaron

Bu ziravorlarnig barchasini hozirgi kunda supermarket yoki bozorlardan hech bir qiyinchiliksiz topish mumkin.

Tayyorlanishi.

Qolin devorli kastrulga issiq suv solib shakar, qalampirmunchoq, dolchin, kardamon va zafaron spiladi. Shuningdek, mayda tishli qirg’chdan o’tkazilgan apelsin po’stlog’i qo’shib past olovda qaynatiladi.Shakari to’liq erigunga qadar kavlab turiladi. So’ng olovniko’tarib, harorat qaynash darajasigacha olib boriladi. Ortamiyona olovda bir necha daqiqa qaynatiladi.

Tayyorbo’lgan qiyomni suzgichdan sizdirib olinadi. Qiyomga yuvilgan mayiz qo’shib idish qopqogi yopiladi va bir qancha muddatga olib qo’yiladi.

Yon devorlari tik bo’lgan chuqur tovaga yog solib past olovda eritiladi, keyin manniy yormasi qo’shib, to’xtovsiz kovlab turgan holda to yorma bo’rtib chiqib, tillarang tusga kirgunga qadar 10 daqiqa qtrofida qovuriladi. Shundan keyin tovani olovdan olib, uzluksiz kovlab turgan holda ingichka tizimchaday qilib qiyom quyiladi. Tova yana olovga qo’yiladi. Bunda olov eng oxirigacha pastlatiladi. Kavlashda davom etiladi. Holva 10 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Manniy yormasi qiyomni butkul o’ziga shimib olishi kerak.

Holva biroz sovugach, uni desert  likopchalari yoki keng vazalarga joylab, bodommagzi bilan bezatib, dasturxonga tortiladi.Share

Open

Close
Adblock
detector