Makkajo’xori qalamchalaridan chak-chak – Tomchi.ru
Shirinliklar

Makkajo’xori qalamchalaridan chak-chak

Makkajo’xori qalamchalaridan chak-chak

Shirinliklar

Makkajo’xori qalamchalaridan chak-chak

Chak-chak – xamirdan tayyorlangan va asal bilan namlangan shirilikdir. Ushbu retseptda makkajo’xori qalamchalaridan foydalaniladi va chak-chakaning soddalashtirilgan variantdan tayyorlanadi, bu esa hech qanday shirin tishni tark etmaydi. Asal o’rniga quyultirilgan sut va sariyog’dan foydalaniladi. Chak-chakni asal, karamel (iriska) bilan namlantirib, tayyorlash ham mumkin. Bu yog’i o’zingizning tabingizga bog’liq bo’ladi albatta.

Ingredients

  • 1 qadog’ makkajo’xori qalamchalari (qadog’ uncha kattalikda bo’lmasin),
  • 200 gr quyultirilgan sut,
  • 150 gr sariyog’,
  • tabga ko’ra yong’oq bezatish uchun.

Instructions

  1. Qiyomiga ishlatish uchun sifatli sariyogdan foydalaniladi, sariyog’ni bo’laklab idishga solinadi. So’ng quyultirilgan sut solinadi.
  2. Past olovga gazga qo’yiladi. Qo’shib turiladi sariyog’ erigunga qadar. So’ng sovutushga qo’yiladi.
  3. Makkajo’xori qalamchalari o’ziga singib olishi uchun, idishga qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Katta chuqur idishdan foydalangan qulay. Makkajo’xori qalamchalari ustidan sariyog’li quyultirilgan sutni quyib bir xil aylantirib, aralashtiriladi
  4. Quyultirilgan sut va sariyog’ bilan aralashtirilgan makkajo’xori qalamchalarini likobga chiroyli qilib terib, yongoq yordamida chak-chak bezatib olinadi. Makkajo’xori qalamchalaridan chak- chakni sovutgichgaga 1 soat qo’yiladi.
  5. Yoqimli ishtaxa!.
https://tomchi.ru/uz/makkajoxori-qalamchalaridan-chak-chak/
Adblock
detector