Mahsulotlarni to’g’ri va uzoq muddat saqlash to’g’risida bir nechta maslahatlar – Tomchi.ru
Foydali maslahat

Mahsulotlarni to’g’ri va uzoq muddat saqlash to’g’risida bir nechta maslahatlar

Mahsulotlarni to’g’ri va uzoq muddat saqlash to’g’risida bir nechta maslahatlar.

Agar pomidor yorilgan bo’lsa, shu joyiga tuz sepib saqlasa pomidor buzilmaydi.

Kartoshkani tez-tez havo almashadigan, nam joyda 1-3 darajada saqlang.

Karam bo’lsa namlikni yoqtirmaydi, shu sababli uni qog’ozga o’rab saqlash kerak.

Bodring barra holda 10gacha saqlanishi mumkin. Muzlatgichda uni mazasi buzilishi mumkin. Shuning uchun uni quruq, quyosh nurlaridan saqlangan joyda yoki muzlatgichda vakuum qadoqda saqlanishi mumkin.

Tuxumlarni qirrasi pastka qaratib saqlang.

Bedana tuxumini hona haroratida qopqog’i yopiq idishda 3 oygacha saqlash mumkin.

Limonlarni umrini bir necha haftaga uzaytirish uchun idishga suv solib unga limonlarni solib muzlatgichda saqlash mumkin

Tropik mevalar, shu jumladan ananas va bananlar sovuq haroratni hush ko’rishmaydi. Ularni uzoq vaqt muzlatgichda saqlab bo’lmaydi.
Oshhonada kerak bo’ladigan maslahatlar.
Ko’katlarni barra holga keltirish uchun:
Birinchi issiq, keyin muzdek suvga solib. Yana 1 soat davomida sirkali suvga solib qo’yilsa (1 choy qoshiq sirka 200ml suvga).

Sirnikning ideal shakli uchun:
Nonli tolqonga bulab olib katta diametrli stakan yoki finjon bilan yopib har birini stoldan uzmay aylana shaklida aylantiramiz. Yarim tayyor sirnik ideal aylana shaklida bo’ladi va stolga tortilganda ishtaxangizni ochishi tayin.

Chuchvara uchun yumshoq hamir tayyorlash uchun:
Mazali chuchvara bu – mazali, hushbo’y qiyma va to’g’ri tayyorlangan hamir. Hamir qorish vaqtida unga 1-2 osh qoshiq o’simlik moyi solsak hamir yumshoq va elastik bo’ladi.

Retseptsiz shirinlik tayyorlash uchun:
Bir hil miqdorda un va shakar solib, tuxum va yog’ miqdori ham bir hil bo’lishi kerak. Bu bilan ularni hajmi emas ularning gramini hisoblash kerak. Shuning osh hona uchun mo’ljallangan tarozi sizga as qotishi mumkin.

Shirinlik hamiriga doimo oz miqdorda tuz solib yuboring. Atigi yarim qoshiq tuz boshqa masalliqlarning ta’mini kuchaytirib berish hususiyatiga ega. Buning uchun istalgan osh tuzini ishlatishingiz mumkin.

Kotlet qiymasiga albatta tolqon soling. Shunday qilsangiz ular shaklini yoqotmay, qovurilganda ishtaxa ochar tillarang tusga kirib pishadi.

Adblock
detector