«Kungaboqar» salati – Tomchi.ru
Salatlar

«Kungaboqar» salati

Kerakli maxsulotlar:

  • Tovuq go’shti (ko’krak qismi)………………………………..300 gr
  • Konservalangan jo’xori donalari…………………………….400 gr
  • Tuxum …………………………………………………………3 dona
  • Sabzi ……………………………………………………………200 gr
  • Ziravorli qo’ziqorin (маринованных шампиньонов ).200 gr
  • Zaytun (qorasi)……………………tabga ko’ra
  • Chips (oval shaklidagi).
  • Bosh piyoz
  • O’simlik yog’i.
  • Mayonez.
  • Tuz.
kugaboqar-salati

Tayyorlanisi:

Sabzi qaynatib pishiriladi.

sabzi-qaynatiladi

Tovuq go’shti mayda to’g’raladi.

tovuq-goshti

Maydalangan gusht o’simlik yog’ida qovuriladi (taxminan 10 daqiqa) pishgunicha. Tuz sepiladi tabga ko’ra.

gosht-qovuriladi

Sabzi mayda tishli qirg’ichdan chiqariladi.

sixalgan-sabzi

Qaynatilgan tuxum qirg’ichdan chiqariladi.

qirgchdan-chiqarilgan-tuxum

Qo’ziqorin mayda to’g’raladi.

qoziqorin

Bosh piyoz mayda to’g’raladi 10 daqiqa issiq suvga solib qo’yiladi.

maydalangan-piyoz

Qovurilgan tovuq go’shti likopga solib ustiga mayonez suriladi.

qovurilgan-gosht

So’ng sabzi solib ustidan mayonez suriladi.

sabzi-va-gosht

Sabzi ustiga qo’ziqorin solib, mayonez suriladi.

Quziqorin ustiga piyoz tizib chiqiladi.

maydalangan-piyoz

Piyoz ustidan tuxum solib mayonez suriladi.

Tuxum ustidan jo’xori donalari sepiladi, aylana bo’ylab chips suqib chiqiladi.

joxori-donalari

Jo’xori ustidan zaytun tizib chiqsa ham bo’ladi tabga qarab.

qora-zaytun
Adblock
detector