Krim paxlavasi yoki «Qush tili» shirinligi – Tomchi.ru
Pecheniylar Shirinliklar

Krim paxlavasi yoki «Qush tili» shirinligi

Tarkibi:

Xamir:

  • 1 kg un
  • 100 g margarin
  • 250 gr sut
  • 3 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq istemol sodasi
  • 1 l qovirish uchun o’simlik yog’i

Qiyomi:

  • 1 stakan suv
  • 1.5 stakan shakar
  • 5 osh qoshiq asal

Tayyorlanishi:

  1. Sut, tuxum, eritilgan margarin va istemol soddasi solib aralashtiriladi.
  2. Aralashma ustiga elangan un solib, xamir qilinadi.
  3. Xamir mushtdek kattalikda yoki 4 dona zuvalachalarga bo’linib, bir oz dam oldiriladi.
  4. Xamirga un sepib, yupqa yoyiladi. Qanchaliq nozik yoyilsa u shunchalik mazali va chiroyli bo’lib pishadi.
  5. Yoyilgan xamir 5-8 daqiqa quritishga qo’yiladi. Qolgan zuvalalar shunday yoyiladi.
  6. Quruq xamirning chetiga yarim oy shaklida suv surtiladi va uzun o’qlovga o’rab, ichidan o’qlov oxista tortib olinadi. Xamir 2 sm qalinlikda qiya qilib, o’tkir pichoq yoki kirkira kesgich bilan kesib chiqiladi.
  7. Xamir o’rtasidan ochilib, romb shaklida xosil qilinadi yoki bir uchidan ushlab ikkinchi uchi ichidan o’tqaziladi va qizigan yog’da qovurilib olinib, yog’i yaxshilab sirqitiladi.
  8. Qiyomni tayyorlab olamiz. Idishga suv bilan shakar aralashtirib, o’rta olvga qoyiladi. Qo’shib turilgan holda shakari eriguncha qaynatiladi.  5 daqiqa qaynatib, olovni o’chirib, asal solinadi. Asali eruguncha aralashtiladi.
  9. Qizarib qovirilgan qush tililar qaynoq qiyomga 1-2 daqiqa botirib olinadi. Aggar qush tililar sovutib, qiyomga botirilib olinsa, ular qarsildoq bo’ib chiqadi. Aggar issiqlikda qush tililar qiyomga botirib, olinsa yumshoq bo’lib chiqadi.
  10. Issiq qush tililar ustidan hoxishga ko’ra kunjut yoki maydalangan yongoq sepish, yoki sepmasdan shundayligicha likopchalarga  olib, dasturxonga tortilish mumkin.

Tarvuzli smuzi

Open

Close
Adblock
detector