Kerakli maxsulotlar:
Biskiviti uchun:
- 3 dona tuxum
- 1 dona tuxum sarig’i
- 100 gr shakar
- 1 gr vanilin
- 50 gr un
- 2 osh qoshiq kraxmal
- 3 choy qoshiq kakao
Suflesi uchun:
- 250 gr sir slivochniy
- 3 osh qoshiq shakar
- 250 gr qaymoq
- 1 osh qoshiq jelatin
- 50 gr achiq kofe
Tayorlanishi:

Aloxida idishga tuxumlarning oqi ajratib olinadi. 50 gr shakar solib qattiq ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiladi.

Tuxumning sarigi esa boshqa idishga shakar va vanil bilan ko’pirtiriladi kerma o’xshash bo’lgunicha.

Ko’pirtirilgan tuxum sarig’iga ko’pirtirilgan tuxum oqi oz-ozdan extiyotkorlik bilan qo’shiladi.

Elangan un bilan kraxmal qo’shiladi.

Xamirni ikkiga bo’lib, bir qismiga elangan kakao qo’shiladi.


Duxovka listiga pishiriq qog’ozi to’shaladi. Qandolot qopchasi yordamida, birinchi oq xamirdan chiziqchalar quyiladi so’ng kakaoli xamir quyiladi. 170 C haroratda 10-15 daqiqa pishiriladi. Oq chiziqlar qizorib ketmasligi kerak.

Pishgach shakar sepilgan sochiqga qo’yib usti sochiq bilan yopib sovutiladi.
Keyingi jarayonlarda biskvit sinmasligi uchun. Yana bir usuli biskvit pishgach, darhol qotgan chetlari kesib rulet qilib o’raladi. O’rtasiga o’qlov yoki sochiq qo’yib o’raladi.

Achchiq qaxva tayyorlanadi. Ozgina sovugach jelatin solinadi 10-15 daqiqa turadi. So’ng qaxva qizdirib jelatin eritiladi. qaynab ketmasligi kerak.

Qaymoqqa shakar solib ko’pirtiriladi, sir slivochniy va jelatin solinadi.

Turbichkadek o’ralgan biskvit kesib chiqiladi. Krem solayotgan payt turbichkalar ochilib ketmasligi uchun, falga o’rab bog’lab qo’yiladi vaqtincha.

Ichi krem bilan to’ldirib 3-4 soatga sovutgichga qo’yiladi.

Qanday bezatish sizning didingizga bog’liq.