Kapalak pirojniysi – Tomchi.ru
Pirojniylar

Kapalak pirojniysi

Kerakli maxsulotlar:

Biskiviti uchun:

  •  5 dona tuxum,
  • 100 gr shakar,
  • 100 gr un,
  • bir chimdim tuz va vanilin.

Krem uchun:

  • 2 dona tuxum,
  • 0,5 stakan shakar
  • 250 ml sut,
  • 10 gr kukuriz kraxmali,
  • 10 gr un,
  • 10 gr sariyog’
  • 2 choy qoshiq romb,
  • 200 ml qaymoq 33-35 %,
  • 20 gr shakar upasi
  • yuziga sepish uchun 2 osh qohiqshakar upasi.

Kapalak pirojniysi Tayyorlanishi:

Ishni krem tayyorlashdan boshlaymiz.

klmjhb

Idishga tuxum, shakar, un va kraxmal solib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.

Sut solib aralashtiriladi va olovga qo’yiladi.

To’xtovsiz aralashtirib turgan holda, quyilguncha qaynatiladi. So’ng olovdan olinadi.

Sariyog’ va vanil solib aralashtiramiz. Krem usti polietilen paket bilan yopib sovutgani qo’yamiz. 

Sovutilgan qaymoqni ko’pirtiramiz. Kichkina abarotga kam – kam solib ko’pirtiriladi. Qaymoq yaxshi quyilgandan so’ng  shakar upasi qo’shiladi.

Yaxshi sovugan massani oz – ozdan ko’irtirilgan qaymoqga solib, sekinlik bilan ararashtiriladi.

Engil va mayin krem xosil bo’ladi.

Endi pirojniylar xamirini tayyorlab olamiz.

Tuxum oqi va sarig’ini ajratib, olinadi va tuxumning oqini qattiq ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiriladi. Oz ozdan shakar solnadi, ko’pirtirish davomida.

Tuxumning oqiga tuxum sariqini solamiz va yaxshilab ko’pirtiramiz.

Unga vanilini aralashtirib, tuxumli massaga oz-ozdan un solinadi va extiyotlik bilan aralashtiriladi.

Tayyor bo’lgan xamirni qandolatchilik xaltachasiga solib, zamburig’ nastatkasi yordamida pishiriq to’shalgan gaz lalisiga orasi ochiq qolgan xolda aynalar quyib chiqiladi.

Qizdirilgan 170 darajali issiqlikda 5-7 daqiqa davomida gaz pechida pishirib olamiz.

Pishiriq qogoziga turgan holda sovitamiz va sovugach pirojniylarni extiyotlik bilan  ko’chirib olamiz.

Biskivitli pirojniylar yuziga shakar upasi sepib chiqib orqa tomini ag’daramiz.

Tayyorlab olingan kremlni qandolatchilik xaltasiga solib, pirojniylar o’rtasiga krem quyib chiqamiz. 

Biskivitni ikki chetlarini yuqoroga qilib ko’taramiz va ikki uchi birlashtiramiz.

Kapalak pirojniysi tayyor.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector