Ikki xil rangli qurabey – Tomchi.ru
Pecheniylar

Ikki xil rangli qurabey

Tarkibi:

  • 500 gr un (olgunicha un)
  • 250 sariyog’
  • 5 osh qoshiq shakar upasi
  • 60 gr  kungaboqar moyi
  • 20-25 gr kokao kukuni

Tayyorlanishi:

  1. Idishga yog’ va xona xaroratida erigan sariyog’ solib, bir xil massa xosil bo’lgincha qo’l bilan aralashtiriladi.
  2. Hosil bo’lgan massani oqarguncha ko’pirtiriladi. Qattiq ko’pirtirilgan tuxum oqiga o’xshagan holiga keladi.
  3. Shakar upasi solib yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Oz-oz un solib, xamir qoriladi, toki uvoqlanib ketguncha. Yumshoq uvalanuvchi xamir qilinadi.
  5. Xamirni teng  ikkiga  bo’lib, bir bo’lagiga kakao kukuni solib, qo’shib kakaoli xamir qilinadi.
  6. Har qaysi xamir yoyiladi va stakan yordamida dumaloqlar kesib chiqiladi. To’rtasini ketma-ket qo’yib (bitta oq, bitta qora), rulet kabi o’rab teng o’rtasidan kesiladi. Qolgan xamirni ok va qora zuvalachalar qo’shib, ikki xil ko’rinishida keltiriladi va dumaloqcha qilib o’rtasidan barmoq yordamida chuqurcha qilinadi.
  7. Pishiriq qog’ozi to’shalgan listga terib, 170 C xarorat issiqlikda 15 daqiqa pishiriladi, so’ng 180 xaroratga ko’tarib, 5 daqiqaga yana pishirish davom etadi.
  8. Duxovkani o’chirib, pecheniylar qoldiriladi sovuguncha duxovkaga.
Adblock
detector