Ikki xil rangli burama chak chak – Tomchi.ru
Shirinliklar

Ikki xil rangli burama chak chak

Kerali maxsulotlar:

  • 250 g  sariyog’ yoki margarin,
  • 250 g  suv,
  • 200 g shakar,
  • tuz,
  • 0.5 choy qoshiq achitqi,
  • 0.5 choy qoshiq itemol soda,
  • 2-3 osh qoshiq (30 g) kakao kukini,
  • keraklicha un

Siropi uchun:

  • 2 stakan shakar,
  • 1 stakan suv,
  • 2 qoshiq asal,
  • bir chimdim limon kislata.
10

Tayyorlanishi:

Birinchi oq xaimirni tayyorlab olamiz. 150 g margarini eritib 150 ml suv, 1 choy qoshiq achitqi, bir chimdim tuz, 150 g shakar va un solib o’rtacha yumshoqlikda xamir qoriladi. 6 bo’lakka bo’lib 20-30 daqiqa sovutgichga qo’yiladi.

6
3

Qora xamir uchun 100 ml suv, 50 g shakar va 2-3 qoshiq kakao solib gazga qo’yib o’rtacha olovda shakar eriguncha qo’yiladi, keyin 100 g margarin va un, ozgina istemol sodasi solib o’rtacha yumshoqlikada xamir qorib, 3 bo’lakka bo’linadi. Buni dam oldirishga 20-30 daqiqa sovutgicha qo’yiladi.

Yarim soatdan keyin xamirlarni, ya’niy 2 ta oq xamir va 1 ta kakaoli xamirlarni alohida-alohida 1,5-2 mm qalinlikda yoyib olinadi.
Oq xamirni yoyib ustidan qora xamir va yana oq xamirni ustma-ust taxlab olinadi.

Endi biz ikkita barmoq qaliligida, uzunchoq chiziqlar  kesib olinadi.

Endi  uzunchoq chiziqlardan kvadratchalar kesib chiqiladi. To’rburchakl kesilgan xamirni ikkta ucini yopishtiladi va uchburrchak ko’rinisha xosil bo’ladi, keyin qogan ikkta ucin orqa tarafga yopiwtiriladi. Qattiqroq uchlarini yopishtiring qovurganda ochilib ketmasin.

Keyin o’rta olovda qizarguncha qovuring, xamirni o’rtasi ham yaxshi pishishi uchun olov pastroq bo’ladi.

Qovurilgan pishiriqlarimizni  qog’oz sochiqchalar ustiga qo’yamiz ortiqcha yog’lari ketish uchun va sovutishga olib qo’yiladi. 

Endi siropni tayyorlab olinadi: Idishga 2 stakan shakar solib 1 stakan suv solinadi va doimo aralashtirib turgan xolda qaynatiladi. So’ngra tayyor bo’lgunga qadar past olovda qaynatiladi. Tayyor bo’lganini tekshirib ko’riladi sovuq suvga bir tomchi sirop tomiziladi agar yoyilib ketmasa tayyor bo’lgan xisoblanadi, keyin  2-3 osh qoshiq asal solib yana 5-10 daqiqa davomida qaynatiladi va bir chimdim limon kislotasini qo’shib, olov o’chiriladi.
Issiq sirop shirinliklarni ustidan oz-oz to’kib aralashtirilib chak chaklar idishlarga taxlab chiqiladi.

Ikki xil rangli burama chak chak.

Yoqimli ishtaha!

Adblock
detector