Holvaytar – Tomchi.ru
Shirinliklar

Holvaytar

Holvaytar

Shirinliklar

Holvaytar

Holvaytar ko’pincha xayit, xatim va boshqa marosimlarida katta yoshdagi ayyollar tomonidan pishirishadi. Bu shirinlikni har kim har xil ko’rinishda va har xil uslubda pishiradilar. Kimdur yog’dan so’ng un solib qovuradi, kimdur shakar solib qovuradi, kimdur suv o’rniga sut bilan pishiradi va shunga o’xshash pishiriladi. Biz sizga ikki xil uslubga tayyorlanadigan holvaytar tayyorlashni yozib o’tmoqchimiz. Har ikki xolatda xam, doimiy bir xillikda arashtirib turiladi va qozon boshidan uzoqlashmagan xolda tayyorlanadi va tarkibi, mazzasi bir xil faqat tayyorlash jarayoni ozgina boshqacharoq qilib pishiriladi. Bularning hammasi albatta buvilarimizdan bizgacha etib kelgan pishiriq uslibidir va buni ko’pchilik bilsa ham yozishni qaror qildim.

Ingredients

  • 1 cho’mich o’simlik yog’i
  • 1 kg shakar
  • 200 gr un
  • 2 litr suv

Instructions

  1. Qozonga 1 cho’mch yog’ solib, qizdiriladi (ilgarigi cho’michlar taxminan 200 ml olardi xozir har xil o’lchamda).
  2. So’ng 1 katta kosa (kosa 1 kg xisobiga oladi) bilan shakar solib, kovlab turiladi.
  3. O’rta olovda balanligida gaz bo’ladi va 10-15 daqiqadan so’ng shakar erishni boshlaydi: shakar birinchi quyuqlashadi va keyin shakilsiz g’adir budirlar bo’lib, so’ng kichrayib, yana qayta eriy boshlaydi va qiyom qizg’ish rangda xosil bo’ladi.
  4. Juda ham extiyot bo’lish kerak, agar shakar ko’p qizartirsa o’tib qoladi va achchiq tam bo’ladi. Agar ko’p erishidan qo’rqsangiz ozgina gadiri qolganda un solsa ham bo’ladi.
  5. So’ng, olovdan chetga qozon olinadi va 1-2 daqiqadan keyin 1 piyola (200 gr xisobida) un solinadi va yana bir bor kovlanadi va ozroq o’rtacha olovda gaz ustiga qo’yiladi. Kovlab turgan xolda to’q jigar rang xosil bo’ladi.
  6. Olovdan olib, bir oz kutiladi va qaynagan 2 kosa (shakar kosa olingan o’lchamli bilan 2 litir xisobiga) qaynagan suv solinadi va kovlanadi, extiyot bo’lmoq kerak toshib ketadi.
  7. Qiyom yana qotadi, kapkir bilan erib ketguncha kovlab turiladi. So’ng past olovda 30 daqiqa qaynatiladi quyuq bo’lguncha (ataladan quyuqroq bo’ladi). So’ng likopchalarga solib, qotguncha olib qo’yiladi.

Notes

Ikkinchi usilib:
Bu ham shunday, ish boshlashdan oldin 1 litir suvga unni solib qo’shiladi, yaxshilab qumoq bo’lib qolmasligi kerak, aks xolda holvaytar qumoq-qumoq bo’ladi. Qozonga yog’ qizdiriladi shakar solinadi, gazga o’rta olovda balanligida bo’ladi va 10-15 daqiqadan so’ng shakar erishni boshlaydi: shakar birinchi quyuqlashadi va keyin shakilsiz g’adir budirlar bo’lib, so’ng kichrayib, yana qayta eriy boshlaydi va qiyom qizg’ish rangda xosil bo’ladi, ko’p kuydirmaslik kerak, achchiq tam bo’ladi. So’ng gazdan olib 1 litir suv quyiladi, ko’pirib ketadi va gazga yana qo’yib kovlab turiladi qiyomi erib yo’qolib ketgandan so’ng, 1 litir un bilan aralashtirilgan aralashma yana bir bor qo’shib solinadi va past olovda kovlab turgan xolda qaynatiladi. Holvaytar chiroyli to’q  jigarrang, yoqimli hid va quyiq xolda kelganda  tayyor bo’lgan hisoblanadi. Likopchalarga quyib, qotguncha olib qo’yiladi.

Bu shirinlik ko’pincha kechqurin tayyorlab ertalabga istemol qilinadi.

https://tomchi.ru/uz/holvaytar/
Adblock
detector