Gul shaklida qiymali bulochkalar – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Gul shaklida qiymali bulochkalar

Kerakli maxsulotlar:

Xamiri uchun:

  • 100 gr xona xaroratida yumshagan sariyog’
  • 100 ml o’simlik yog’i
  • 1 stakan illiq suv
  • 1 dona tuxumning oqi ( sarig’i yuziga)
  • yarim paketcha achitqi (5 gr)
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 1.5 choy qoshiq tuz
  • yumshoq xamir bo’lgunicha un

Qiymasi uchun:

  • 150-200 gr go’sht qiymasi
  • 1 bosh piyoz
  • Tuz va ziravorlar
  •  Petrushka

Yuziga surtish uchun:

  • Tuxum sarigi
  • kunjut  urug’i

Tayyorlanishi:

Gul shaklida qiymal bulochkalar xamiri uchun kerakli massaliqlar un va achitqidan boshqa idishga solib qorishtiriladi.

Uni ustiga achitqi qo’shilgan xolda, oz- ozdan un solib,   yumshoq qo’lga yopishmaydigan xamir qoriladi.

Xamir ustini poletilen paketi va sochiq bilan yopib, illiq joyga 35 daqiqa oshirish uchun qo’yiladi.

Ungacha qiyma tayyorlanadi.

Qimalagichdan chiqarilgan go’sht, maydalangan piyoz, petrushka va tabga ko’ra tuz va ziravorlar solib qo’shiladi.

Xoxishga ko’ra piyoz va qiyma tovaga ozrog’ yog’ solib, qizarguncha qovurib, tuz va ziravorlar  qo’shib tayyorlanadi.

Xamirga un sepgan xolda  mayda bo’laklarga yulib olib, o’qlov yordamida juda ham qalin va juda ham mayin bo’lmagan xolda yoyiladi.

Yoyilgan xamir yumalaoq shaklida keltiriladi.

Xamirni  to’rt tomoni kesiladi va qiyma solib, suratidaiday ikki uchlari birlashtirib gul shakli keltiriladi.

Gul shaklida qiymal bulochkalarni duxovka lalisiga terib, ustiga tuxum sarig’i surtib, kunjut sepiladi.

Qizdirilgan duxovkaga 185 C xaroratida qizarguncha pishirib olinadi. 

Qiyma o’rniga ismaloq, kartoshkali yoki  shirinl bulichkalar uchun tvorog va pavidilolik ham tayyorlash mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector