Ganpan – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Ganpan

Ganpan

Quyuq taomlar

Ganpan

Ingredients

  • 300 gr go’sht
  • 300 gr guruch
  • 100 ml kungaboqar yog’i
  • 2 bosh piyoz
  • 2 dona qizil sabzi
  • 1 bog’ rediska
  • ko’katlar
  • sarilsoq
  • ko’k piyoz
  • zira
  • kashnich urug’i
  • yanchilgan qora murch
  • tuz

Instructions

  1. Tovaga ozgina kugaboqar yog’i solib, guruch qovuriladi. Ustiga suv solib, tuz sepiladi.
  2. Suvi qaynab tortilganidan keyin 10 daqiqa davomida dimlanadi.
  3. Qayla uchun: go’sht somoncha qilib to’g’raladi va yog’ga solib, yaxshilab qovuriladi. Piyoz, pomidor, sabzi va rediska ham xuddi go’shtdek to’g’ralib, qozonga solinadi.
  4. Ko’katlar, ko’k piyoz katta-katta to’g’raladi va qozondagi masalliqlarga qo’shib qovuriladi.
  5. Suv solingach, yarim soat qaynatiladi.
  6. Chuqur likopchaga avval guruch solinadi, so’ng esa ustiga qayla quyiladi.
  7. Dasturxonga tortishdan avval taom yuzi ko’katlar bilan bezatiladi.
https://tomchi.ru/uz/ganpan/
Adblock
detector