Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar

Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar

Pishiriqlar

Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar

Ingredients

  • 1 stakan sut
  • 0,5 stakan suv
  • 50 gr sariyog’
  • 4,5 stakan un (550 gr)
  • 7 gr quruq xamirturush (2 choy qoshiq)
  • 2 osh qoshiq shakar
  • 1- 1/2 choy qoshiq tuz
  • 1 dona tuxum

Instructions

  1. Maydaroq qozonchaga sut, suv va sariyog’ni qizdiriladi. Sariyog’ eriguncha olovda qizdiriladi, qaynab ketmasligi kerak.
  2. Kattaroq idishga 3 stakan un, xamirturush, shakar va tuz solib aralashtiriladi. Ustidan sutli aralashma solib xamir qoriladi. Qolgan un ustiga kam-kam sepib yaxshilab mushlanadi, taxminan 8 daqiqa. Xamir silliq va elastik bo’lishi kerak.
  3. 12 ta mayda-mayda zuvalachalar yasaladi. Yog’langan duxovka listiga tizib, zuvalachalar ustidan sekin bosib-bosib chiqiladi. Usti yopib 30-40 daqiqa damga qo’yiladi.
  4. 200 C haroratda 10-12 daqiqa pishirib olinadi, bulochkalar qizarishi kerak.
  5. Xot-dog uchun bulochka pisirish uchun, zuvalani olib to’rt burchak kilib yoyiladi 15 x 10 sm. Uzun tomoni zich qilib o’raladi ruletday o’raladi chetlari yopishtiriladi. 20-25 daqiqa damga qo’yiladi, yuqorida yozilgandek pishiriladi.
  6. Istalgan hajmda bulochkalar qilishingiz mumkin.
https://tomchi.ru/uz/gamburger-va-xot-dog-tayyorlash-uchun-bulochkalar/
Adblock
detector