Fransuzcha kurasan (Klassik) – Tomchi.ru
Shirinliklar

Fransuzcha kurasan (Klassik)

KERAKLI MAXSULOTLAR:

Kurassan xamiri uchun:

  • 500 g oq un (urvoqdan boshqa)
  • 140 g suv
  • 140 g sut
  • 55 g shakar
  • 40 g yumshoq sariyog’
  • 11 g xamirturish
  • 12 g tuz

Xamir ichiga:

  • 280 g sovuq sariyog’
  • Yuziga surtish uchun:
  • 1 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq suv

Birinchi kun.

Xamirni tayyorlash jarayoni.

Maxslotlar solib, 3 daqiqa tezligida xamir qoriladi, siliq ko’rinishda ishlov berib, aylana katta bo’lmagan zuvala qilinadi. So’ng idishga qo’yib, ustini selafan bilan yopib, bir kecha sovutgishga qo’yiladi.

Klassik Fransuzcha kurassan. 2
Klassik Fransuzcha kurassan. 3
Klassik Fransuzcha kurassan. 4
 Klassik Fransuzcha kurassan. 5

Muzdek sariyog’ni bo’laklarga kesib, pishiriq qog’ozining ustiga bo’lak sariyog’ to’rtburchak shaklida qo’yiladi va sariyog’ning ustigan yana pishiriq qog’ozi qo’yiladi . Sariyog’ni  17 sm x 17 sm bo’lgan kvadrat shaklida o’qlov yordamida yoyiladi. So’ng qog’oz bilan o’rab, sovutgichga qo’yiladi.

Klassik Fransuzcha kurassan. 7
Klassik Fransuzcha kurassan. 8

Ikkinchi kun.

Yog’lash jarayoni (qatlama xamir).

Muxim: Xamir yoyib qatlama qilish jarayonida, xamir ichidagi sariyog’ erib ketmasligi kerak. Shuning uchun qatlama qilish jarayoni tezroq bajarish kerak bo’ladi. Xamir yoyib qatlash jarayoni 4-5 daqiqadan o’tib ketmasin. Agar 4-5 daqiqada ylgurmasaiz, xamir yana 20 daqiqa sovutgichga dam beriladi. So’ng jarayon davom ettiriladi.

Sovutgichdan xamir olinadi. Xamirga ozroq un sepib, o’qlov yordamida 26 sm x 26 sm to’rtburchak qilib, yoyiladi. Sovutgichdan sariyog’ni olib, xamir ustiga qo’yiladi.To’rta uchlari o’rtaga keltirib. konvert shaklida keltiriladi, qo’l yordamida sekin bosib chiqiladi. Xamir uchlari yopishtiriladi yog chiqib ketmasligi uchun.

Klassik Fransuzcha kurassan. 6
Klassik Fransuzcha kurassan. 9
Klassik Fransuzcha kurassan. 10
Klassik Fransuzcha kurassan. 11

Xamirga kamroq un sepib, jo’va yordamida o’rtasidan chetlari tomon yurg’iziladi. Xamir ikki tomonidan ham yoyiladi. Xamir to’rtburchak 20 x 60 sm shakilda yoyiladi.   Yoyilgan xamir uzunligi bo’ylab uchga buklanadi. Xamir selofanga o’rab 30 daqiqa sovutgichga qo’yiladi. Shu jarayon 3 marta takrorlanadi. Xar bir qatlangandan keyin 30 daqiqa sovutgichga qo’yiladi. Ikkinchi-uchinchi yoyish jarayonlarda 20 sm li tomoni yoyib 60 sm qilinadi. Yani  xar bir buklash jarayonida xamirning kalta va uzun tomonlari o’zgaradi. Uchinchi jarayondan keyin,  3 kun muzlatgichga saqlanadi.

Klassik Fransuzcha kurassan. 12
Klassik Fransuzcha kurassan. 13
Klassik Fransuzcha kurassan.14
15
16

Uchinchi kun.

Xamirni kesish jarayoni.

Xamirni sovutgichdan olib extiyotkorlik bilan 20 X 110 sm yoyiladi. Agar xamir yaxshi yoyilmasa yoyaman dek 2 kunlik mexnatni kuydirmang. 10-20 daqiqa  sovutgichga damga qo’ying va yana davom eting.

Xamir kerakli uzunlikga yoyilgandan keyin. Xamir stoldan olib qaytib qo’yiladi o’z holiga kelishi uchun kesgandan so’ng qisqarmaydi.

Uzunligi 20 X 100 sm xamirdan, 12.5 X 20 sm to’rtburchaklar kesiladi. Song to’rt burchakni yuqoridagi chap ugoldan pastdagi o’ng ugolga kesib chiqiladi. 16 dona uchburchaklar hosil buladi, uchburchaklar extiyotkorlik bilan cho’ziladi.

xamir
uzun
kesish
jarayon
rulet
tugish

Pishirish jarayoni:

Keng tomonidan uchli tomoniga tomon zich qilib o’raladi. Idishga bitta tuxum chaqib bir choy qoshiq suv solib bir xil massa hosil bolguncha aralashtiriladi. Kurasanlar duxovka listiga terib, tuxum sarig’i surtiladi.

img_9664
img_9216-720x480

25º C / 77ºF  haroratda 2 soat oshirishga qo’yiladi. Yoki xona haroratida usti yopib oshirishga qo’yiladi.  160 C – 200 C  taxminan 6 daqiqa pishirilad

img_9694
Adblock
detector