Dudlangan go’shtdan sho’rva – Tomchi.ru
Suyuq taomlar

Dudlangan go’shtdan sho’rva

Suyuq taomlar

Ingredients

  • 1- kg dudlangan mol go’shti
  • 1 – dona sabzi
  • 3- dona bo’sh piyoz
  • 3 dona o’rtacha kartoshka
  • 300 – gr no’xat
  • 4-5 dona bulg’or qalampir
  • Tuz
  • Shibit
  • Ko’k piyoz
  • Dafna yaprog’i
  • Yanchilgan qora murch

Instructions

  1. Sirli idishda dudlangan mol go’shti qaynatiladi. Qaynaganidan so’ng ko’pigi olinib, suvga tuz va murch, no’xat (bir kun avval iliq suvda ivitib qo’yilishi kerak), kartoshka, sabzi solib, qaynatiladi. So’ng mayda to’g’ralgan piyoz, somoncha shaklida to’g’ralgan bulg’or qalampiri, lavr yaprog’ solib, yana 15 daqiqa qaynatiladi.
  2. Dudlangan go’shtdan sho’rva ustiga mayda to’g’ralgan ko’kat sepiladi.
  3. Dasturxonga taom duxovkada qizartirilgan oq non yoki to’g’rab qotirilgan non bilan tortiladi.
https://tomchi.ru/uz/dudlangan-goshtdan-shorva/
Adblock
detector