Tarkibi:
Xamir uchun:
- 100 gr sariyog’
- 150gr shakar
- 150 gr un
- 2 choy qoshiq xamir qavartvasi (разрыхлителя )
- 20 gr kakao (2 osh qoshiq)
- 2 dona tuxum
- 125 ml koka-kola ichimligi
Glazur uchun:
- 100gr shakar upasi
- 10 gr kakao (1 osh qoshiq)
- 4 choy qoshiq koka-kola
Tayyorlanishi:
Idishga un, shakar, xamir qavqrtmasi va kakao solinadi.
Tuxum chaqib qo’shiladi.
Eritilgan va sovutilgan sariyog’ quyiladi.
Kola quyiladi.
Xammasi aralashtiriladi.
Xamirni tayyor qolipchalarga quyiladi (qolipchalarni ichiga pishirish qog’ozi kekslarniki bo’lishi shart yoki silikoniviy qolipchalarga qog’ozsiz) va duxovkaga qo’yiladi. 180C issiq xaroratda taxminan 30 daqiqaga pishiriladi. Pishganini bilish uchun gugurt cho’pi suqib,quruq bo’lsa tayyor xisoblanadi.
Kekslar pishgunicha glazur tayyorlanadi. Buning uchun shakar upasi va kakao qo’shiladi va oz ozdan koka kola qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Quyuq ko’rinishida bo’ladi. Glazur pishgan kekslar ustiga quyiladi. Xoxishga ko’ra xamirni katta qolipga solib, Coca-colali pirog pishirish xam mumkin.