Chuchvara somsa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Chuchvara somsa

Tarkibi:

Xamiriga:

  • 1 kg un
  • 200 gr sariyog’ yoki margarin
  • 200 gr qaymoq yoki smetana
  • 0.5 choy qoshiq xamir qavartmasi (разрыхлитель)
  • xamirga surtish uchun mol yog’ yoki qo’y yog’ va o’simlik yog’i

Qiymasiga:

  • 0.5 kg qiyma,
  • 2 dona piyoz
  • tabga ko’ra tuz, zira

Yuziga surtish uchun:

  • tuxum sarigi
  • oq kunjut

Tayyorlanishi:

Unga xamir qavartmasi solib, qo’shiladi. Un bilan margarin  uqalanadi, qaymoq solinadi. Tuzli suv solib, xamir qoriladi. So’ng xamir 30 daqiqaga tindiriliadi. So’ng tingan xamirni mantiga yoygandek katta yoyiladi. Mol yog’i eritib, ozroq o’simlik yog’i qo’shib va xamirga surtiladi va rulet shaklida o’ralib, kesib chiqiladi. Sovutgichga 1-2 soat tindirishga qo’yiladi.

Go’sht qiymaasiga  juda ham nafis to’g’ralgan piyoz, tabga ko’ra tuz,  ziravorlar va 2 qoshiqda suv solib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi.

Kesilgan qatlmali xamirlar jo’valanadi. Yoyilgan zuvalachalar ustiga bir qoshiq qiyma solinib, xamirni ikki tomonini birlashtiriladi. Uchlari buralib chiqilib, chuchvara shakilda tugiladi. Yog’langan listga terib ustiga tuxum sarig’i surtib, kunjut sepiladi. Qizdirilgan duxovkaga  somsalar 200 C issiqlikda qizarguncha pishirib olinadi.

Adblock
detector