Baqlajonli issiq salat – Tomchi.ru
Salatlar

Baqlajonli issiq salat

Salatlar

Ingredients

  • 5 dona – baqlajon
  • 5-6 dona – bulg’or qalampiri
  • 2-3 dona – pomidor
  • 1 dona – piyoz
  • 2 dona – selderey
  • 2 dona – sarimsoqpiyoz pallachasi
  • 1 choy qoshiq – sirka
  • 1 osh qoshiq – soya sousi
  • tabga ko’ra – tuz, murch, kashnich urug’i
  • 2 cho’mich yog’.

Instructions

  1. Ikki cho’mich qizigan yog’da piyoz qovuriladi, unga pomidor xamda tuz solib, yana ozgina qovuriladi.
  2. Keyin romb shaklida to’g’ralgan baqlajon solinib, yog’ni shimguncha qovurladi.
  3. Mayda to’g’ralgan sarimsoqpiyoz va romb shaklida to’g’ralgan bulg’or qalampiri hamda selderey,tabga ko’ra tuz, murch soya sousi solinib, bir oz qovuriladi, sirka solinib yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Ushbu salat issik xolda tanovul qilinadi.
  5. Yuzasini rayxon, kashnich va har xil ko’katlar bilan bezatish xam mumkin.
  6. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/baqlajonli-issiq-salat/
Adblock
detector