BANTIKLI QUSH TILI – Tomchi.ru
Shirinliklar

BANTIKLI QUSH TILI

BANTIKLI QUSH TILI

Shirinliklar

BANTIKLI QUSH TILI

Ingredients

  • 4.7 stakan un
  • 3/4 stakan smetana
  • 3/4 stakan sut
  • 1 dona tuxum
  • 3 osh qoshiq shakar
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • qovurish uchun o’simlik yog’

Instructions

  1. Un elanadi, chuqur tog’orachaga solib o’rtasi o’yib ochiladi. O’yilgan joyiga smetana, tuxum bilan ko’pirtirilgan sut, tuz, shakar qo’shib qattiqina xamir qoriladi. Yarim soat mobaynida dam oldirilib qo’yiladi.
  2. Tayyor xamirni kichik bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Bu zuvalachalardan yupqa, uzunchoq kulchalar yasab olinadi. Kulchalarni teng o’rtasidan uzunasiga kesib, kesmalarni qayirib bantikcha yasaladi.
  3. Qush tililarni bitta-bittalab qizib turgan yog’ga solib, tilla rang tusga kirgunga qadar qovurib olinadi.
  4. Dasturxonga tortishdan oldin shakar upasi sepiladi, yoki qiyom tayyorlab pecheniylar botirib olinadi.
http://tomchi.ru/uz/bantikli-qush-tili/
Adblock
detector