Bantik shaklida qovurma shirinliklar – Tomchi.ru
Shirinliklar

Bantik shaklida qovurma shirinliklar

Kerakli maxsulotlar:

  • 500 gr un
  • 125 gr saryog’ yoki margarin
  • 1 dona tuhum sarig’i
  • 1 stakan iliq suv
  • 1 choy qoshiq droja
  • 1 osh qoshiq shakar
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 1 choy qoshiq razrexlitel
  • ichiga sepish uchun kraxmal
  • qovurish uchun o’simlik yog’i

Unga droja, shakar, tuz, razrexlitel tuxum sarig’i ( tuxum oqi bantiklarni yopishtirish uchun ishlatamiz), eritilgan sriyog’ va vanilin solib uqalanadi va iliq suv solib, qo’lga yopishmaydigan hamir qilamiz. 30 minut tindiramiz.
Tingan hamirni krahmal yordamida katta qilib yoyamiz. Yana krahmal sepib bir necha marta konvert qilib o’raymiz xar bir konvert qilib o’ragab vaqt  orasi pishganda qat-qat bo’lishi uchun krahmal sepiladi.
So’ng hamirni 3-4 mm qalinlikda yoyib dumaloq, to’rtburchak qolipchalar yordamida shakllar chiqaramiz va tasmachalar qirqib olinadi va chiqarilgan shakillarni o’rta tomonga qo’l bilan keltirib, tasmalarimizga tuxumning oqi surtib, bantiklar o’rtasini o’rab bantik shakilni beramiz (tuxum oqi ochilib ketmasligi uchun). Bantiklar shaklida keltirib yasalgan xamirlarni ko’proq yog’da o’rta olovda ozginadan bantik solamiz, ustiga qoshiqda yog’ quyib turamiz, bantiklarimiz shishib, ikki tommonini qizartirib qovurib olamiz.

Siropiga:

  • 1 stakan shakar
  • Yarim stakan suv
  • 3-4 osh qoshiq limon suvi
  • 5 daqiqa qaynatib gazdan olamiz.

Tayyor bantiklarimizni birma-bir siropga botirib kunjut yoki yongoq sepib bezatamiz.

Adblock
detector