Banancha somsa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Banancha somsa

Banancha somsa

Pishiriqlar

Banancha somsa

Ingredients

  • 500 ml tuzli suv
  • keraklicha un
  • 200 gr sariyog’
  • 500 gr go’sht qiymasi
  • 300 gr piyoz
  • tabga ko’ra tuz, zira

Instructions

  1. Tuzli suvga keraklicha un solib, o’rtacha yumshoqlikda xamir tayyorlab olib, politelin paket yordamida o’raladi va bir necha soat dam oldirishga qo’yiladi. Bu vaqt oralig’ida 4-5 marotaba xamirni mushlanadi.
  2. So’ng tingan xamirni mantiga yoygandek katta yoyiladi. Eritib sovutilgan sariyog’ surtib, xamirga surtiladi va rulet shaklida o’ralib, kesib chiqiladi. Sovutgichga 2-3 soat tindirishga qo’yiladi.
  3. Go’sht qiymaasiga juda ham nafis to’g’ralgan piyoz, tabga ko’ra tuz, ziravorlar va 2 qoshiqda suv solib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Kesilgan qatlmali xamirlar jo’valanadi. Yoyilgan zuvalachalar ustiga bir qoshiq qiyma solinib, xamirni ikki tomonini birlashtirib banan shakil beriladi. Yog’langan listga terib ustiga tuxum sarig’i surtib, kunjut sepiladi. Qizdirilgan duxovkaga somsalar 200 C issiqlikda qizarguncha pishirib olinadi.
https://tomchi.ru/uz/banancha-somsa/
Adblock
detector