Bakin qurabeyi – Tomchi.ru
Pecheniylar

Bakin qurabeyi

Tarkibi:

  • 2 stakan un
  • 200 gr sariyog’
  • 3 osh qoshiq qand upasi
  • 1 dona tuxum oqi
  • Vanilin
  • 1 choy qoshiqdan o’rik yoki olma pavidlosi

Tayyorlanishi:

Sariyog’ qand upasi bilan uvalanadi, tuxum oqi qo’shib aralashtiriladi. Keyin elangan un sepib , 5-7 daqiqa mobaynida quyuq smetanasifat xamir qoriladi.

Suyuq xamirni kanditer qopchasiga solib, gul yasaydigan tishli qismini o’rnatib, moychechak shaklidagi pechenelar duxovka listiga siqib chiqariladi.

Moychechak shaklidagi pechenelar o’rtasiga o’rik yoki olma pavidlosi tomizib chiqiladi.

Listni qizib turgan duxovkaga qo’yib, 10-15 daqiqa davomida 200-220 C haroratda qurabeylar pishirilsdi.

Adblock
detector