ASALLI TORT ( MEDOVIY TORT) – Tomchi.ru
Tortlar

ASALLI TORT ( MEDOVIY TORT)

ASALLI TORT ( MEDOVIY TORT)

Tortlar

ASALLI TORT ( MEDOVIY TORT)

Ingredients

  • Xamiriga:
  • 5 dona tuxum
  • 1 stakan shakar
  • 250 g sariyog’ yoki 1 stakan o’simlik yog’i
  • 3-4 osh qoshiq asal
  • 1 osh qoshiq istemol sodasi
  • 2.5 stakan un
  • Kremiga:
  • 300 g sariyog’
  • 1 stakan sut
  • 3-2 dona tuxum
  • 1 osh qoshiq un yoki kraxmal

Instructions

  1. Avvalam bor ishni krem tayyorlashdan boshlanadi. Qozonchaga shakar, un qoshilib ketguncha aralashtiriladi. Tuxum solib oppoq tusga kirgunga qadar ko’pirtiriladi va sutni solib, qoshib, olavga qaynatishga qoyiladi. Kovlab turilgan xolatda pastroq olovda qaynatiladi. Quyiqlashib kelsa xuddi kashasimon xolatda bo’lsa olovni o’chirib, 50g sariyog solib aralashtiriladi. Sariyog’ sovugan bolish kerak. Kremni boshqa idishga ko’chirib, ustini selafan bilan yopib, salqin joyga olib qo’yiladi. Sovugincha asalli tortimizni xamiri tayyorlanadi.
  2. Idishga tuxum chaqib shakar solib, oppoq tusga kirguncha ko’pirtiriladi. Tovaga asalni solib, olovga qo’yiladi. Erib qaynash darajasi kelganda istemol sodasi solib, kovlab turiladi, oqarib ko’pik paydo boladi jigar tusga kirgunga qadar. Extiyot bo’lmog’i lozim. agar ko’p kuyib ketsa o’xshamasligi mumkin. So’ng sariyog’ yoki o’simlik yog’i solinadi. sariyog’ erigach, tuxumli massaga solinadi. Tezlik bilan aralashtiriladi va un solib xamir tayyorlanadi. Pargament qog’ozi toshalgan laliga 3 qisimga bo’lib lali barovariga o’rta olovga 7 daqiqada pishirib olinadi va sovutiladi.
  3. Ungacha chala qolgan kremni tayyorlanadi. Uy Haroratiga erigan sariyog’ni 3 osh qoshiq shakar upasi bilan mekserga ko’pirtiriladi,vanilin ham olib oppoq tusga kirgunga qadar ko’pirtirishni davom etiriladi. So’ng oldindan tayyorlab qo’yilgan kremni bir osh qoshiqdan solib ko’pirtiriladi. Tayyorlagan krem oppoq va ko’piksimon ko’rinishda bo’lishi darkor.
  4. Tayyor sovugan tortni chetlarini bir tekislikda tekislab kesiladi va laliga bolakni qo’yib kremni surib ikkinchi bo’lagini qo’yib krem surtiladi, uchinchi bo’lagini ham qo’yib krem sorib ustuga kesilgan bo’lakchalarni blendirga maydalab bir tekislika sepib chiqiladi. Tayyor tortini ustini selafan bilan o’rab xonaga 2-3 soat qoldirib, so’ng sovutcichga olib qoyiladi. Shunda kremni yaxshi o’ziga so’rib yumshoq mazzali bo’ladi.
https://tomchi.ru/uz/asalli-tort-medoviy-tort/
Adblock
detector