Ajoyib spagetili pitssa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Ajoyib spagetili pitssa

Pitssalar sevuvchi insonlar faqat bir xillikdan charchasangiz, ajoyib pitssa – yupqa xamirdan emas, mayin uzun makaron(vermishel)dan tayyorlab, ko’rishingiz mumkin. Biz o’ylaymizki taomnomangizga yana bir nooddiy taom qo’shildi va bu siz va oilangiz sevimli pitssasi bo’ladi.

Kerakli maxsulotlair:

  • 200 gr Mayin spaget
  • 2 dona tuxum
  • 300 gr mol go’shti qiymasi
  • 300 gr qattiq pishloq
  • 1 bosh piyoz
  • 1 dona sabzi
  • 100 gr sut
  • 2 dona pomidor
  • 2-3 osh qoshiq o’simlik yog’i
  • tuz, murch
  • qolipga surtish uchun sariyog’

Tayyorlanishi:

Idishga suv, tuz solib, qaynatiladi va spagettilarni solib, tayyor bo’lgunicha pishiriladi.

Makaron-Spagetti

Piyoz mayda to’graladi. Sabzi mayin tishlik qirg’ichdan chiqariladi. Tovaga yog’ solib, qizdiriladi va piyoz, sabzi qovuriladi. So’ng go’sht solinadi va qovurish davom etiriladi. Tabga ko’ra tuz va murch solinadi.

Farsh-qiyma-sabi-go'sht

Qolip sariyog bilan yog’lanadi. So’ng qolipga qaynatilgan makaron va qiyma solinadi.

Qiyma-Pomidor

Pamidordan yupqa aylanachalar kesib qiyma ustiga tizib chiqiladi. Keyingi qatlam qirg’chdan chiqarilgan sir.

Pomidor-Pitssa-pizza

Tuxum va sut ko’pirtiriladi, tuz, murch sepiladi. Shu aralashma pitssa ustidan quyiladi.

Sir-Pishloq-Qolip-list

Qolipni usti folga bilan yopib, 230 C gacha qizdirilgan duxovkaga 20 daqiqaga qo’yiladi. So’ng qolip ustidagi folga olib yana 10 daqiqa pishiriladi.

duxovka-pech
Open

Close
Adblock
detector